Tom
Monagen – “Domino pitsa” trans milliy korporatsiyasi asoschisi. U 6 ta
doktorlik unvoni hamda 1984 yilning ishblarmoni maqomiga ega. Monagen o’z
hayoti mobaynida doimo faylasuf Makiavellining “O’ldir bo’lmasa, seni
o’ldirishadi” shioriga amal qilib kelgan.
ORZULAR
ORTIDAN….
U o’ziga, boshqalarga Hudoga
va issiq, mazali, tezda uyga yetkaziluvchi pitsaga ishonadi. Orzular ortidan
tin olmay chopgani bois chinakam ishblarmon va islohatchiga aylandi.
Monagen shaxsiy hayotidagi va
biznesidagi muvaffaqiyatsizlikni tezda yuragiga oladi. U bir necha bor yiqildi
va o’rnidan tura olishiga o’zidas kuch topdi. “Domino” ilk ish boshlagan
vaqtlari daxshatli yong’inni boshidan kechirgan. Yong’in do’kon va unga
tegishli hujjatlarni yo’q qildi.
Uch bor inqiroz botqog’iga botdi.
Besh yil davom etgan sud jarayonlari, uch hamkorining kompaniyani tortib olish
maqsadida qilgan xiyonatini ko’rdi. Monagen bu qiyinchiliklarni bartaraf
qildi va “pitsa qiroli” sifatida
muvaffqiyat cho’qqisini zabt etdi. Milliarder bunga baxtsiz bolaligi, moliyaviy
manbalarsiz, qariyib ma’lumotsiz erishdi.