Tom
Monagen – “Domino pitsa” trans milliy korporatsiyasi asoschisi. U 6 ta
doktorlik unvoni hamda 1984 yilning ishblarmoni maqomiga ega. Monagen o’z
hayoti mobaynida doimo faylasuf Makiavellining “O’ldir bo’lmasa, seni
o’ldirishadi” shioriga amal qilib kelgan.
ORZULAR
ORTIDAN….
U o’ziga, boshqalarga Hudoga
va issiq, mazali, tezda uyga yetkaziluvchi pitsaga ishonadi. Orzular ortidan
tin olmay chopgani bois chinakam ishblarmon va islohatchiga aylandi.
Monagen shaxsiy hayotidagi va
biznesidagi muvaffaqiyatsizlikni tezda yuragiga oladi. U bir necha bor yiqildi
va o’rnidan tura olishiga o’zidas kuch topdi. “Domino” ilk ish boshlagan
vaqtlari daxshatli yong’inni boshidan kechirgan. Yong’in do’kon va unga
tegishli hujjatlarni yo’q qildi.
Uch bor inqiroz botqog’iga botdi.
Besh yil davom etgan sud jarayonlari, uch hamkorining kompaniyani tortib olish
maqsadida qilgan xiyonatini ko’rdi. Monagen bu qiyinchiliklarni bartaraf
qildi va “pitsa qiroli” sifatida
muvaffqiyat cho’qqisini zabt etdi. Milliarder bunga baxtsiz bolaligi, moliyaviy
manbalarsiz, qariyib ma’lumotsiz erishdi.
U ishni boshlashdan avval
haridorlar taklifi bilan qiziqdi. Garchi raqobatchilari bu loyiha moliyaviy
jihatdan arzimasligini va ortiqcha harakat qilish o’rinsizligini aytgan
bo’lsada u oxir-oqibat, xonadonlarga issiq, mazali pitsa yetkazib berish
fikriga kelib to’xtadi. Tom Monagenning asosiy fikri pitsani 30 daqiqa ichida
yetkazib berish kafolati edi. U kechikkan pitsa uchun xaridorga arzonroq
berishni ham va’da qilgan.
SHAXSIY
HAYOTI…
Tom Monagen 1937 yil 25 martda
Michigan
shtatida dunyoga kelgan. Oradan to’rt yil o’tgach, bolakay otasidan judo
bo’ldi. Endi yetimxona uning doimiy uyiga aylandi. Maktabgacha turli xil
tarbiyalanuvchilar uylarida yashab yurdi.
1960 yilda 23 yoshni qarshi
olganida, akasi ikkovi 900 dollar qarz evaziga shtatdagi “Dominik” do’konini
sotib oldi. Do’kon pitsalar bilan savdo qilardi. Akasiga Folksvagen
avtomashinasini bir yil davomida xaydab yurishi mumkinligini aytgach, bu ish
bilan shug’illanishga rozi bo’ldi. 1965 yili do’kon nomini “Domino”ga
o’zgartirdi va o’quv yurtlari atrofida uchta do’kon sotib oldi. Bu anchayin
ta’siri kuchli taklif edi. Talabalar uchun universitet qoshida issiq, to’yimli
uy taomlari tushdek bir gap. Tog’ri, pitsa uy ovaqati o’rnini to’liq bosa
olmasa-da, ammo bir qator imkoniyatlarga ega edi.
QIYINCHILIKLARNI
YENGIB…
Bo’lajak magnat do’konda
sovugani uchun qolib ketayotgan pitsalar ustida bosh qotira boshladi. Shunday qilish
kerakki, xaridorlar tezda issiq taomni olishlari va do’konda birortayam
ortiqcha pitsa tayyorlanmasligi lozim. Shunda mahsulotlarni xaridorning taklifi
bilan uylariga eltib berish fikri paydo bo’ldi. Bu loyiha Tomga milliardlar
keltirgan bo’lsa, boshqalarga bir qator qulaylik va yangi-yangi imkoniyatlar
eshigini ochdi. Bu vaqtga kelib ikki raqobatchisi bilan kurashishiga to’g’ri
kelar edi. Inqiroz 1966 yilda hamkorlaridan birini uni anchagina qarz girdobida
qoldirib ketgach boshlandi. Shundan so’ng Tom ishni o’z qo’liga olishga qaror
qildi.
1968 yilda bo’lib o’tgan yong’in
inqirozlar ketma-ketligini keltirib chiqara boshladi. Undan boshqa odam bo’lganida
allaqachon ishni tashlab ketardi. Monagen esa 1969 yilda bankdan olingan qarz
evaziga 32 ta do’kon ochdi. Bu lar uning loyihasi asosida amalgam oshirilayotgan
ishlarning debochasi edi. Ammo kompaniya shu bilan inqirozdan qutulmadi. Aksincha
1970 yilda “Domino”ni moliyalashtiryotgan bank kompaniyani o’z tasarrufiga o’tkazdi.
Tomni esa uning prezidenti sifatida qoldirishdi. Chunki u kompaniya kelajagi
uchun qayg’uruvchi va kuniga 15 soatgacha ishlaydigan yagona kishi edi. 1971
yilda bank kompaniyaning kelajagidan umidini uzib, Tomga uni qayta sotib
olishni taklif qildi. Ikki o’rtada sotib olish yuzasidan shartnoma imzolandi.
1977 yilga kelibgina Tom bankdan olgan qarzidan qutula oldi.
18
SOATLIK ISH…
“Dominik”ni “PITSA TAYGER”
nomiga almashtirgach, Monagen o’ziga bir yilda uch marta dam olish kunini
belgiladi. Dastlabki o’n yil mobaynida ertalabki soat o’ndan keyingi kunning to’trigacha
ishlardi.
Monagen uyga pitsa yetkazib
berish bo’yicha dunyodagi eng yirik kompaniyaga asos soldi. Bunda oddiylik va
foydalilik tamoyillariga amal qildi. U xot-dog yoki boshqa mahsulotlarni
tanlamadi. Pitsani yarim soat ichida tayyorlash va asosiysi, uyga yetkazib
berish har kimning ham qo’lidan kelavermasligini inobatga olib, shu ishga qo’l
urdi. 1989 yildagi raqamlar Amerikada pitsalarning yarmini “Domino” ishlab
chiqarishini ko’rsatdi. 1993 yilda 6000 dan ortiqroq do’koni bo’lib, uning
yillik daromadi 33 milliard dollarni tashkil etgandi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий