03.01.2015

SHIRINLIKLAR ORTIDAN MILLIARDLAR


Mazkur kompaniya tarixi 1941 yilga borib taqaladi. Ko’pchilik qatori Italiyaning kichik Pemont shaharchasidagi shirinliklar do’koni xo’jayinlari bo’lmish aka-uka Petro va Jovanni Ferrerolar uchun ham urush og’ir keldi. Xaridorlar bu yerga faqat oddiy kundalik non uchungina bosh suqishardi. Shunga qaramay, Petro yana avvalgidek shirinliklar tayyorlashni maslahat berdi. Tezda qo’shni qishloqdan asal, ikki qop yong’oq va kakao, zaytun yog’ini sotib oldi. Ushbu mahsulotlardan “Janduyo” deb ataluvchi shirinliklar tayyorlanardi. Ish ertalabgacha qizidi va sotuvga qo’yilgan shirinliklar “uchib ketdi”.
Ixtirochi Petro Ferrero 1930 yilda otasidan meros sifatida kichik non do’konini yurgizishni qo’liga oldi. Uning o’zi o’ylab topgan “Jonduyo” si uch yil ichida butun Pemont ahlini xushnud etdi.