15.12.2014

TOM MONAGEN - "PITSA QIROLI"


Tom Monagen – “Domino pitsa” trans milliy korporatsiyasi asoschisi. U 6 ta doktorlik unvoni hamda 1984 yilning ishblarmoni maqomiga ega. Monagen o’z hayoti mobaynida doimo faylasuf Makiavellining “O’ldir bo’lmasa, seni o’ldirishadi” shioriga amal qilib kelgan.
ORZULAR ORTIDAN….
U o’ziga, boshqalarga Hudoga va issiq, mazali, tezda uyga yetkaziluvchi pitsaga ishonadi. Orzular ortidan tin olmay chopgani bois chinakam ishblarmon va islohatchiga aylandi.
Monagen shaxsiy hayotidagi va biznesidagi muvaffaqiyatsizlikni tezda yuragiga oladi. U bir necha bor yiqildi va o’rnidan tura olishiga o’zidas kuch topdi. “Domino” ilk ish boshlagan vaqtlari daxshatli yong’inni boshidan kechirgan. Yong’in do’kon va unga tegishli hujjatlarni yo’q qildi.
Uch bor inqiroz botqog’iga botdi. Besh yil davom etgan sud jarayonlari, uch hamkorining kompaniyani tortib olish maqsadida qilgan xiyonatini ko’rdi. Monagen bu qiyinchiliklarni bartaraf qildi  va “pitsa qiroli” sifatida muvaffqiyat cho’qqisini zabt etdi. Milliarder bunga baxtsiz bolaligi, moliyaviy manbalarsiz, qariyib ma’lumotsiz erishdi.