Mazkur kompaniya tarixi 1941 yilga borib taqaladi. Ko’pchilik qatori
Italiyaning kichik Pemont shaharchasidagi shirinliklar do’koni xo’jayinlari
bo’lmish aka-uka Petro va Jovanni Ferrerolar uchun ham urush og’ir keldi. Xaridorlar
bu yerga faqat oddiy kundalik non uchungina bosh suqishardi. Shunga qaramay,
Petro yana avvalgidek shirinliklar tayyorlashni maslahat berdi. Tezda qo’shni
qishloqdan asal, ikki qop yong’oq va kakao, zaytun yog’ini sotib oldi. Ushbu
mahsulotlardan “Janduyo” deb ataluvchi shirinliklar tayyorlanardi. Ish
ertalabgacha qizidi va sotuvga qo’yilgan shirinliklar “uchib ketdi”.
Ixtirochi Petro Ferrero 1930 yilda otasidan meros sifatida kichik non
do’konini yurgizishni qo’liga oldi. Uning o’zi o’ylab topgan “Jonduyo” si uch
yil ichida butun Pemont ahlini xushnud etdi.