Mazkur kompaniya tarixi 1941 yilga borib taqaladi. Ko’pchilik qatori
Italiyaning kichik Pemont shaharchasidagi shirinliklar do’koni xo’jayinlari
bo’lmish aka-uka Petro va Jovanni Ferrerolar uchun ham urush og’ir keldi. Xaridorlar
bu yerga faqat oddiy kundalik non uchungina bosh suqishardi. Shunga qaramay,
Petro yana avvalgidek shirinliklar tayyorlashni maslahat berdi. Tezda qo’shni
qishloqdan asal, ikki qop yong’oq va kakao, zaytun yog’ini sotib oldi. Ushbu
mahsulotlardan “Janduyo” deb ataluvchi shirinliklar tayyorlanardi. Ish
ertalabgacha qizidi va sotuvga qo’yilgan shirinliklar “uchib ketdi”.
Ixtirochi Petro Ferrero 1930 yilda otasidan meros sifatida kichik non
do’konini yurgizishni qo’liga oldi. Uning o’zi o’ylab topgan “Jonduyo” si uch
yil ichida butun Pemont ahlini xushnud etdi.
Petro doim mahsulotlar bilan tajriba o’tkazar, o’zining savdo belgisi
sifatida ayolning ikki bolakayni quchoqlagan suratini tanlagan edi.
To’rtinchi yili issiq kelgan yoz bilan birga do’konga ham ofat keldi.
Kechqurun do’kondan xabar olishga kirgan Petro yuragini changalab qoldi.
Negaki, peshtaxtalarda turgan shirinliklar issiqdan erib tushgan edi.
Taqdirning naqadar og’ir sinovi! Jazirama issiq shahardagi bayram uchun maxsus
tayyorlangan juda katta miqdordagi mahsulotni yo’q qilgan edi.
Aynan pirojniylar yaroqsiz holga kelgan, non va shirinliklarga hech vaqo
qilmagan edi. Shu payt bo’lajak magnatning miyasiga ajoyib fikr keldi:
-
Petro, nonlarni kes, tez!
U erigan “Jonduyo”ni nonga surtib chiqdi.
Bir soatdan keyin ishbilarmon “shokoladli buterbrod” bilan mehmonlarni
siylay boshladi. Qarangki, uning yangi g’oyasi mazali bo’lib chiqdi, yangi
shirinliklardan bolalarning boshlari osmonda edi. Mahsulot tezda qo’lma-qo’l
bo’lib ketdi. Daromad esa kutilganidan ham ziyoda bo’ldi. Erigan shirinliklar
bir dunyo buterbrodga yetgandi.
Jazirama issiq – haligacha Ferrero oilasining ashaddiy dushmani.
Do’konlar ularni saqlay olmasligidan xavotirda. Issiq havoga bo’lgan
ishonchsizlik Ferreroning yana bir g’oyasi tug’ilishiga sabab bo’lgan:
“Rafaello” konfetlari! U Petro Ferreroning bir necha yillik mashaqatlari mevasi
bo’lib, konfetlar uchun issiq havo qo’rqinchili emasdi. Ammom bunga hali ancha
yillar bor, hozircha…
Erigan bir nechta pirojniyni o’z tajriba xonasiga olib ketgan Petro ularni
uzoq vaqtgacha o’rgandi. O’z-o’zidan hosil bo’lgan massani qayta ishlab
chiqarishga urindi. U maxsus adabiyotlarni o’qir, komponentlarni
o’zgartirar, goh jindek kakao qo’shar,
goh yog’, goh vanil…
Oradan yarim yil o’tgach”Janduyo” kremlari dunyo yuzini ko’rdi. Uning
tarkibidagi kakao miqdori ko’p emas, qimmat emas, boz ustiga, shkolod yong’oqli
tami bilan ajralib turardi. Muvaffaqiyat kutilgan natijalarni bera boshladi.
1946 yilning fevral oylarida Petro o’z ixtirosini 6600 funtga pulladi va
akasi bilan birgalikda chinakam oilaviy kompaniya tuzishga ahd qildi. 1946 yil
14 fevral sanasi Ferrero S.P.A kompaniyasining tashkil topgan kuni sifatida
qayd etib qo’yildi. Bir oy ichida ularning kremi butun Italiyani ishg’ol etdi.
Daromad oshib, firma kun sayin kengayar, rivojlanib borardi, Petro va Jovanni
o’z ixtirolarini “Italiya ramzi” sifatida eksport qilishni mo’ljallayotgan
edilar. Krem yangi nom ostida “Nutella” sifatida hozirgacha barchaga manzur
bo’lib kelmoqda.
Ferrero oilasining ikkinchi avlodi bo’lmish Petroning o’g’li Mikele
Ferrero ayni paytda kompaniya tizginini o’z qo’lida saqlamoqda. U otasidan
“estafeta tayoqchasini” 24 yoshida qabul qilib olgan edi. Mikele bolaligidan
sutni yoqtirmas, shu bois, ota-onasini ko’p tashvishga solardi.
Uning miyasiga dabdurustdan ajoyib fikr keldi: sut miqdori 42 foizgacha
bo’lgan bolalar shrinligini ishlab chiqarish. Shunday qilib “Kinder” dunyo
yuzini ko’rdi. Mikele supermarketlarni ko’zdan kechirar ekan, onasi harid
qilgunicha boladagi jarayonni kuzatdi. Shokolod bu yerda yordam bermaydi:
bolakay uni 5 daqiqada yeb, yana yig’lashda davom etaverardi. Qimmat bo’lmagan,
har qanday cho’ntak ko’tara oladigan, ammo chalg’ituvchi va bolaning og’zi va
hayolini ancha paytgacha band qilib turuvchi mahsulot kerak edi. To’g’ri
yechimni esa bolalikdagi xotiralaridan topdi. Italiyadagi Pasxa bayrami
arafasida ota-onalar farzandlariga tuxum shaklida pishirilgan va ichiga kichik
sovg’a: o’yinchoq, tangalar solingan pishiriqlar tortiq etishardi. Buni
shokoladda ham sinab ko’rilsachi? Shokoladli tuxum uchun Ferrerolar oilasi
patent olishga harakat qildi.
Katta ijodiy guruh ham bolalarni qiziqtiruvchi, ham tuxumga sig’uvchi
o’yinchoqlar axtarishardi.
1979 yili “Kinder sovg’a” tuxumlari ilk bor peshtaxtalarda chiqqan,
uning uchun turnaqator navbatlar paydo bo’ldi. Brinchi partiya bir soat ichida
sotib bo’lindi. Bu butun dunyoni sexrlab olgan joduning boshlanishi edi. Nafaqat
bolalar, balki kattalar ham o’yinchoqlarni yeg’ishga tushib ketdilar. O’tgan
yilgi hisob kitoblarga ko’ra, 20ming tonnalik shokoladli tuxum sotilgan, bu
600000000 ta degani!
Mikele Ferrero 23 milliardlik boyligi bilan “Forbes” jurnalida e’lon
qilinadigan boylar ro’yxatining 29-pog’onasini egallab turibdi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий