05.11.2014

ALISHER USMONOV – O’zbek Milliarderi

 Tug’ilgan sanasi: 9 Sentabr, 1953
 Tug’ilgan Joyi: Chust, Namangan Viloyati, O’zbekiston
 Sohasi: Po’lat, Konchilik, Telekom, Investitsiya
 Yashash joyi: Moskva, London
 Fuqaroligi: Rossiya
 Ma’lumoti: Xalqaro Huquq, Moskva Davlat Instituti
 Turmush o’rtog’i: Irina Viner
 Farzandlari: Yo’q
 Moliyaviy ahvoli: $17.7 milliard (2011)


Alisher Burhonovich Usmonov – Namanganning Chust tumanida tug’ilgan, xozirda Moskva va Londonda istiqomat qiluvchi O’zbek Milliarderidur. Forbes jurnalining 2011-yilgi bergan hisobotiga ko’ra, Alisher Usmonov $17,7 milliard shaxsiy mablag’i bilan jahonning eng boy kishilari safidan 35-o’rinni egallagan. Dunyoning 70inchi eng qudratli kishisi sifatida ham ta’riflangan.

Alisher Usmonov katta daromadlarini ilk bora Moskva Davlat Insitutini tamomlagach, 80-yillarning oxirida yelim xaltalarni ishlab chiqarish orqasidan topgan. Xom-ashyoning arzonligini bilib va yelim xaltalar bozorining katta bo’lishiga ko’zi yetgan Alisher Usmonovning sof daromadi uning kelajakdagi tadbirkorliklari mevasining ilk ko’rinishi edi. Usmonov, orttirgan daromadlarini to’plab, o’sha vaqtda ko’pchilikning nazariga ilinmaydigan va endigina rivojlanishni boshlayotgan Gazprom korxonasiga tikadi. Xozirda Gazprom Rossiyaning eng yirik korxonasiga aylangan.

Usmonov, Gazpromning kundalik ishlari bilan yaqindan shug’ullanishni boshlaydi va keyinchalik Gazpromning metal ishlarini boshqaruvchi MetalloInvest kompaniyasiga do’sti Vasiliy Anisimov bilan birgalikda asos soladi. Xozirda MetalloInvest Rossiyaning bir qancha ko’zga ko’ringan konlari va konchilik korxonalarini o’z qo’l ostiga olgan.

Xozirda Alisher Usmonov Gazprom qoshidagi GazpromInvestHolding deb nomlangan korxona rahbari sifatida faoliyat ko’rsatib kelayapti. GazpromInvestHolding Gazpromning "eng yirik, muhim va nozik” oldi-berdilarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi korxona hisoblanadi.

2006-yilning o’rtalaridan boshlab, Alisher Usmonov ommaviy-axborot vositalari va telekom korxonalariga o’z sarmoyasini sarflashni boshlaydi. Shu yilning o’zida u $200 millionga Kommersant oynomasini sotib oladi. Keyinchalik Rossiyaning taniqli kanallaridan bo’lgan 7TV va MUZ-TV larning ham yirik sarmoyadorlaridan biriga aylanadi. Rossiyaning kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi Megafon telefon operatorini ham katta qismini sotib olgan.

Usmonov keyinchalik Digital Sky Tehcnologies (DST) deb nomlangan firmaga tadbirkor sherigi Yuriy Millner bilan birgalikda asos soladi. Alisher Usmonov DST ning eng asosiy sarmoyadori hisoblanadi. DST dagi sarmoyalarining asosiy qismi jahonning eng yirik va eng ko’p foydalaniladigan vebsayt va portallariga sarflangan. Shular jumlasidan, hammamizga tanish bo’lgan Mail.ru, Odnoklassniki.ru, Vkontakte.ru lar taqsimga loyiq. 2009-2010-yillarda Alisher Osmonov va Yuriy Millner kattaroq korhonalarga pul tikishni boshlaydilar. Shular qatorida – Facebook.com ning qariyb 1.96% ulushini DST $200 million miqdordagi pulga sotib oladi va Facebook.com tarmog’ining $10 milliardga baholanishiga sabab bo’ladi. O’sha paytta ko’pchilik Alisher Usmonovning Facebook.com ni bu qadar yuqori baholab, shaxsiy pulining shunchasini ajratishining sababini tushunishmagan edi. Eslatib o’tamiz, shu yilning o’rtalariga mo’ljallanayotgan Facebook.com ning birinchi ommaga sotish uchun taqdim qilinishidagi bahosi $100 milliard atrofida deb e’tirof etilmoqda. Bu, Usmonov sarmoyasining bahosi 10 barobarga o’shdi degani. Alisher Usmonov yana boshqa, xozirda kunda juda taniqli bo’lgan Twitter.com, Groupon.com vebsaytlari va internet o’yinlarini ishlab chiqaruvchu Zynga kompaniyalarining ham ilk sarmoyadorlaridan hisoblanadi. 2010 yilda, yuqorida aytib o’tilgan qilingan sarmoya va topilgan daromadlar tufayli, Usmonovning sherigi Yuriy Millner ham Forbes ning milliarderlari reytingidan joy oladi.

Alisher Usmonov 2007-yilning Avgust oyida futbol maydoniga sarmoyador sifatida ilk bor qadam qo’ydi. Rossiyalik milliarder Roman Abramovichning Chelsea jamoasi bilan bir ligada o’ynaydigan Buyuk Britaniyaning taniqli Arsenal jamoasining 14.58% ulushini sotib oldi. Bilishimizcha, bu ulushga Usmonov £75 million ($125 million) miqdorida pul to’lagan. Xoirda Usmonov jamoadagi ulushini qariyb 30% ga yetkazgan.

Alisher Usmonov oxirgi 3-4 yil ichida Angliyadagi bir necha taniqli va xashamatli uylarni sotib oldi. Shulardan – Sutton Place va taniqli Hampstead Heath dagi uylar e’tiborga loyiq. Ma’lumotlarga ko’ra, uylar £20 million ($35 million) va £50 million ($80 million) miqdorida baholangan.

Alisher Usmonov ikkita super yaxtaga ham egalik qilgan. Birinchisi, 66 metrlik "Dilbar” (Usmonovning onasining ismi) 2005 da Oceano tomonidan qurilgan yaxta bo’lsa, ikkinchisi – 110 metrlik germaniyaning mashxur kema quruvchi firma "Lurssen” tomonidan 2008-yil Mayda qurilgan super yaxta hisoblanadi. Alisher Usmonov ikkinchi yaxtasini ham "Dilbar” deb nomlagan. Jakuzzi, basseyn va vertolyot qo’nish maydonchasi, yaxtaning ko’p qulayliklaridan ba’zilaridir. Yaxtada 48 ta ishchi 24 soat mobaynida ro’yxat bilan xizmat qiladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий