Samsung Group (Samsung Guruhi)
— nosanoat konserni (kompaniyalar guruhi), 1938-yilda Koreyada tashkil etilgan,
Janubiy Koreyada eng katta kompaniyalardan biri. Jahon bozorida yuqori
texnologik komponentlar, telekommunikatsiya uskunalari, maishiy texnika, audio
va video qurilmalari ishlab chiqaruvchi sifatida mashhur.
«Samsung» so’zi (kor. Samsung
, amaliy transkripsiya qoidalari bo’yicha yanada to’g’riroq tushunchasi —
«samson») koreys tilida «uchta yulduz» degan ma’noni anglatadi. Balki bunday
nom berilishi Samsung kompaniyasi asoschisi Li Byon Chxolning (son) uchta
o’g’li bilan bog’liq bo’lishi mumkin, uning kichik o’g’li Li Gon Xi (samson)
oilaviy mulkning katta qismiga vorislik qilishi kerak bo’lgan barcha sharq
an’analariga zid tarzda kompaniyaga 2008-yilning apreligacha rahbarlik qilgan.
Kompaniyaning tashkil etilishi
Li Byon Chxol -Samsung Group asoschisi
Li Byon Chxol -Samsung
Group asoschisi 1930-yillarda Koreyada tadbirkor Li Byon Chxol guruch uni
ishlab chiqarish bo’yicha o’z ishini tashkil etgan. Tegu shahridagi kichik bir
ombor Samsung kompaniyasi katta tarixining boshlanish asosi bo’ldi. Shu
davrda Koreya Yaponiyaning koloniyasi hisoblangan va mamlakatda xususiy
tadbirkorlik bilan shug’ullanish ancha qiyin bo’lgan. Shunga qaramay,
1938-yildayoq Li birinchi, o’zining mustaqil — Koreyadan Xitoy va Manchjuriyaga
eksport qilish kanalini yaratishga muvaffaq bo’ladi. Guruch, shakar va
quritilgan baliq kabi iste’mol mahsulotlarini yetkazib berishni faol
rivojlantirish Samsung Trading Company savdo belgisini rasman ro’yxatdan o’tkazish
imkonini berdi. Chet ellik (Koreya uchun) nomining kelib chiqishi koreys
tadbirkorining uzoqni ko’zlab, katta maqsadlardagi rejasi natijasi bo’ldi:
1950-yillar oxiriga kelib, Li Byon Amerika qit’asi mamlakatlari bilan savdo yo’lga
qo’yishni rejalashtiradi. AQSh qo’shinlarini Koreys yarim oroliga
tushirilgandan keyin esa guruch arog’i va piva ishlab chiqarish bo’yicha zavod
mahsulotlari ittifoq qo’shinlari vakillariga sotila boshlandi. Koreyadagi urush
ushbu beznesni barbod qildi. Omborlar kompaniyaning asosiy zavodlari kabi
talon-taroj qilindi va yondirildi.
Bir afsonada Li Byon o’t qo’yilgan uy vayronalaridan pul yashirib
qo’yilgan yashikni topib olgani va shu pullar bilan o’zining yangi ishini
boshlagani hikoya qilinadi. Bular to’qimachilik fabrikasi, shakar zavodi,
keyinchalik esa sug’urta biznesi bo’lgan. Koreyada 1960-yillarda aholi jon
boshiga o’rtacha daromad 80 dollardan oshmagan bo’lsa ham Li Byon tezda boyib
ketadi. O’sha davrda hatto poytaxtda, Seulda ham elektr quvvati domiy ravishda
ta’minlanmaganligini, elektr quvvati kuniga bir necha soatga berilganligini,
markaziy vodoprovod bo’lmaganligini aytib o’tish o’rinli bo’ladi. Tez orada
sodir etilgan harbiy to’ntarish Li Byonning yaqin do’sti va prezident Li Son
Manni taxtdan ag’daradi, u boy tadbirkor sifatida quvg’in qilingan hukmdorning
yaqinlari qatoriga kirardi. Li Byon Chxolning o’zini poraxo’rlik va ag’darilgan
prezident bilan yaqin tanish bo’lganligi uchun qamoqqa oladilar.
Samsung Koreya urushidan keyingi davrda
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti general Pak Chon Xi sanoat va
iqtisodiy islohotlarini boshlaydi. Iqtisodiyot sanoat sektorini rivojlantirish
dasturi ishlab chiqiladi, AQSh bilan yaqin munosabatlar asosida eks-portni
rivojlantirishga e’tibor qaratiladi, chet ellardan qarz olish, xom ashyo va
zamonaviy texnologiyalarni sotib olish, olingan daromadni esa yana xom ashyo hamda
texnika sotib olishga yo’naltirish ko’zda tutiladi. Koreyalik islohotchilar
barqaror iqtisodiyot katta konsernlarga tayanishi kerak degan xulosaga keladilar,
ammo ularni qisqa muddatlarda yaratish zarur edi, shuning uchun Koreyaning eng
mohir tadbirkor ishbilarmonlari uchun hukumat kreditlari va qarzlari taqdim
etiladi. Ular davlat buyurtmalari bilan ta’minlanadilar, shu bilan birga,
ma’lum huquqiy hamda soliq imtiyozlari kichik korxonalarga katta
konglomeratlargacha o’sishlariga imkon berdi. Omadli tadbirkorlar orasida Li
Byon Chxol ham bor edi.
Shu tariqa, 30ta katta kompaniyalar (cheboli — «puldor oilalar») tashkil etiladi. Ular orasida Samsung kompaniyasidan tashqari, Daewoo, Hyundai, Goldstar (LG) va boshqalar ham bor edi. Har bir «puldor oilaning»: Daewoo — avtomobillar ishlab chiqarish, Goldstar — maishiy texnika, Samsung — elektronika, Hyundai — qurilish va shu kabi o’z yo’nalishi bor edi.

Kompaniya islohotlari
Janubiy Koreyaning iqtisodiyoti yiliga 6 dan to 14 foizgacha jadal sur’atlarda
rivojlanib bordi. Shu davrdagi eksportning o’sishi yiliga 30 foizni tashkil
etdi. Shuning uchun 1969-yilda Samsung kompaniyasi Sanyo bilan
birlashgandan so’ng, qora-oq rangli televizorlarni ishlab chiqara boshlaydi,
Koreyaning o’zida ular faqatgina aholining 2 foizidagina mavjud bo’lgan.
Sanyo va Samsung ning birlashishi Samsung Group eng katta sektorlaridan biri — Samsung Electronics guruhiga asos soldi. O’tgan asr 80-yillarida katta yo’qotishlar evaziga bo’lsa ham, kompaniya iqtisodiy inqirozdan omon chiqishga erishdi. Inqirozning oqibatlari — bir necha ixtisoslashmagan bo’linmalar, sho’ba kompaniyalari soni keskin qisqarishidan iborat bo’ldi. Li Gon Xi boshqaruvchi bo’lib tayinlanishi bilan bir qator islohotlar taklif etildi, ular kompaniyani to’la restrukturizatsiyalashdan tashqari, boshqaruv asoslarini o’zgartirishni ham ko’zda tutadi: kompaniya erkin savdo to’g’risidagi qonun shartlariga to’la javob berishi kerak. Tashqi investorlarga nisbatan siyosatni o’zgartirish bo’yicha takliflar kompaniyaga subsidiyalar ajratish manfaatdorligini oshirishi kerak, chunki konglomerat davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatidan mahrum bo’lgan edi.
1980-yillarda konsern tarkibiga kiruvchi kompaniyalarning aksiyalari faqat Janubiy Koreya hududida muomalada bo’lgan, shu bilan birga, investorlar tomonidan katta talabga ega bo’lmagan. Sababi —konfutsiancha an’anaviy osiyocha tamoyillar asosida boshqarish edi: faqatgina Li oilasining vakillari boshqaruvga rahbarlik qilganlar. Kompaniyalarni boshqarish sohasida qaror qabul qilishga tashqi investorlarda ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari mavjud bo’lmagan. Bundan tashqari, an’anaviy menejment ko’p yillar xizmati uchun bir umrlik mehnat huquqi va lavozimiga tayinlashni ko’zda tutardi.
Kompaniyaning vazifalari va uning timsoliga to’la qayta ishlab chiqish marketing o’zgartirishlari kiritildi.
Kompaniyaning birinchi ikki logotiplarida uchta yulduz bo’lgan. Ammo Samsung rahbariyati avvalgi logotip korporatsiyaning xalqaro mavqeiga to’g’ri kelmaydi deb hisoblab, uni o’zgartirishga qaror qildi. Aynan o’sha davrda kompaniyaning yangi timsoli — ichki qismida firmaning nomi yozilgan bir tomonga egilgan ko’k rangli ellips paydo bo’ldi. Kompaniyaning ajoyib dizayni va keng miqyosli reklamasi o’z samarasini berdi: logotip dunyoda eng mashhur timsollardan biriga aylandi. Nufuzli oliy ta’lim muassasalarining talaba-reklamachilari bugungi kunda Samsung logotipi o’zgartirilishini juda muvaffaqiyatli rebrendingga misol sifatida o’rganmoqdalar.

Yangi emblemani ishlab chiqishda sharq falsafasi e’tiborga olinmadi.
Kompaniya vakillarining fikrlariga qaraganda, «logotipning ellips ko’rinishidagi
shakli yangilanish va takomillashish g’oyasini ifoda etib, jahonda harakatlanish
ramzi hisoblanadi». Ushbu o’zgarishlar 1990-yillargacha davom etib keldi.
1983-yilda shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. 1991-1992
yillarda shaxsiy mobil qurilmalar yakunlandi va mobil telefoniyaning dastlabki
mahsulotlari ishlab chiqila boshlandi. Nihoyat 1999-yilda Forbes Global
jurnalining maishiy elektronika ishlab chiqarish sohasidagi mukofoti
Samsung Electronics kompaniyasiga taqdim etildi.
Hozir "Samsung Group” konserni tarkibiga kimyo texnologiyalari sanoati, og’ir va engil sanoat, qurilish, avtomobilsozlik, marketing va reklama, moliya va sug’urta, sayyohlik va dam olish xizmati kabi sohalarda faoliyat yuritadigan etakchi korxonalar kiradi.
Samsung Group tuzilmasi
Konsernga tegishli LCD monitorlari va televizorlar ishlab chiqaradigan zavodlar Janubiy Koreya – Suvon shahri (1981), Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika (1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston (2001), Vetnam (2001), Tailand (2001) va Ispaniyada (2001) faoliyat yuritadi. Bu tarmoq kompaniyaga yiliga 5 mlrd. AQSh dollaridan ortiq daromad olib keladi.
"Samsung ” 2012 yilning 1-choragidan boshlab LCD monitorlar va mobil aloqa vositalari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallab turibdi.
Qurilish sohasi kompaniyaga yiliga 2 mlrd AQSh dollari keltiradi. "Samsung Engineering” asosan xorijiy buyurtmachilarga xizmat ko’rsatadi va katta loyihalar bilan shug’ullanadi. "Samsung Group”ning bosh ofisi binosi (Seul), jahondagi eng baland bino – Burj Xalifa (Birlashgan Arab Amirliklari), Petronas egizak minorasi (Kuala Lumpur), Taybey 101 binosi (Tayvan) kabi dunyoga mashhur inshootlarni ana shu kompaniya qurgan.
Hozirda Samsung kompaniyasining savdo belgisi Forbes jurnalining "Dunyoning Eng Qimmat Brendlari" ro’yxatidan 9-o’rinni egallagan. Uning asosiy raqobatchisi "Sony” esa 81-o’rinni egallagan.

Elektron sanoat
Konsernning 70 foizdan ortiq savdosi elektron sanoat sohasiga to’g’ri
keladi.
Mazkur bo’linma kompaniyalari:
•Samsung Electronics
• Samsung SDI
• Samsung Electro-Mechanics
• Samsung SDS
• Samsung Networks
Kompaniyaning elektron sanoati bo’linmalari butun dunyoda faoliyat olib boradi, mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi.
1969-yilda tashkil etilgan Samsung Electronics kompaniyasi kichik bir eksport korxonasidan to katta elektron mahsulotlar kompaniyasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi kunda kompaniya turli kategoriyadagi eng yaxshi mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Bugun Samsung Electronics — yarimo’tkazgichli va telekommunikatsiya uskunalar sohasida hamda raqamli texnologiyalar sohasida jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya ofislari jahonning 57ta mamlakatlari hududlarida mavjud, ularda 70 mingga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Kompaniyaning sof daromadi 2013-yilda $7,6 milliard tashil etib, smartfonlar ishlab chiqarishdagi asosiy raqobatchisi Appleni ortda qoldirib ketishga erishdi. Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Smartfon bozorining 31,1 foizini Samsung , 15,6 foizini Apple, qolgan 53,3 foizni esa ZTE, Heawai, HTC, LG va boshqa kompaniyalar egallab turibdi.

"Samsung Electronics" 2005 yildan " Chelsi ” futbol
jamoasining (Angliya) nishon homiysi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab jamoa
futbolchilari ko’kragiga kompaniya belgisi tushirilgan moviy-oq rangli kiyimda
maydonga tushadi. Shartnoma 2010 yili nihoyasiga
etgach, yana uch yilga uzaytirildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий