Gongkongning eng boy fuqarosi xisoblanadigan Li Kashin
katta biznesga 1950 yil kirib kelgan. U asos solgan Cheung Kong firmasi
plastmassa bozorida dastlab sovundon va taroqlari bilan paydo bo’ldi.
Plastmassadan yasalgan yangi maxsulot bozorda portlash sodir etdi.
Ulgurji xaridorlar Lining plastmassa sovundonlarini sotib olish uchun bir oy
avval ro’yxatga yoziladigan bo’lishdi. Li Kashinning milliarderlik sari
ilk kadami edi bu.
Plastmassa atirgullar
Li Kashinning oilasi yaxshiroq yashash maqsadida
Shantou (Xitoy
janubidagi Guandun viloyati) shahridan Gongkongga ko’chib kelganida u 12
yoshda edi. Biroq Gongkongga ko’chib kelgach ham oilaning iqtisodiy axvoli
yaxshilanmadi. Oila ochdan o’lib qolmaydigan darajada bazo’r kun
kechirardi.
Arzon yer — millionlar garovi
Yangi biznesda xam u raqobatchilaridan aqllirok chiqib
qoldi. Li yerlarni sotib olar va u yerda biror narsa qurib, tadbirkorlarga
xamkorlikni taklif etardi. Ya’ni tadbirkorlar katta miqdorda ijara xaqi
to’lashdan qutilib, qurilayotgan ob’ektga investitsiya kiritar va shu bilan
undan keladigan foydadan o’z ulushiga ega bo’lardilar. Tez orada Li bilan
xamkorlik qilishni istovchilar soni ortib ketdi. 1966 yilgacha Li yerlarni asta-sekin
sotib ola boshladi. Ammo Xitoyda "madaniy inqilob” davri boshlangach, Mao
Szedunning siyosatidan norozi ingliz tadbirkorlari Gongkongdan ko’chib keta
boshladilar. Yer narxi suv tekin bo’lib ketdi. Bundan foydalangan Li yerlarni
arzon-arzon sotib olib, arzon uy-joy qurib, ijaraga berishni yo’lga qo’ydi.
Hamma Li Kashinni axmoqqa chiqardi. Ammo oradan o’n yil xam o’tmay uning
kelajakni ko’ra bilish qobiliyati ish berdi. 1976 yil Mao Szedun vafot etadi.
Yangi xukumat Szedun siyosatini qoralab, mamlakatda yangi iqtisodiy
isloxotlarni amalga oshira boshlaydi. Chet el investorlari Gongkongga jalb
etiladi. Li Kashinga qarashli yerlar narxi aql bovar qilmas darajada ko’tarilib
ketadi.
Milliardlar og’ushida
1979 yil Li Kashin Hongkong & Shanghai banki ko’magida
Hutchison Whampoa korporatsiyasining boshqaruv paketini qo’lga kiritdi. Bu
korporatsiyaning tarkibiy faoliyatiga ko’chmas mulk (port savdosi ham), savdo
(A S Watson supermarketlar tarmog’i), salqin ichimliklar ishlab chiqarish va
xokazolar kirardi. Korporatsiyani qo’lga kiritgan Li Kashin uni tubdan isloh
qila boshladi. Kam daromad keltirayotgan korxonalarni sotib yubordi va besh
yo’nalishda biznesni yo’lga qo’ydi. Birinchisi, "sipo milliarder” xukumat
diqqatini o’ziga tortmasdan Gongkongda zamonaviy binolar qura boshladi. Hozir u
qurgan binolarda Gongkongning xar o’ttiztadan bitta axolisi yashamoqda. Ular
xarid uchun kiradigan supermarketlarning deyarli xammasi Li Kashinga tegishli.
Undan tashqari Li Kashinning biznesi mamlakat tashqarisida xam gullamoqda.
Tayvanda 145 dorixonadan iborat tarmoq, Singapur va Malayziyadagi 90 ta
supermarket unga qarashli. Salqin ichimliklarni xam bu tarmoqlarga Li
Kashinning o’zi yetkazib beradi. Uning kompaniyasi Janubiy-Sharqiy Osiyodagi
distillangan va gazlangan suv yetkazib beruvchilar orasida eng yirigi
xisoblanadi. 1998 yildan boshlab Gongkong xalqaro aeroportida kosmetika
buyumlari bilan savdo qiladigan kompaniyaning 50 foiz aktsiyasi ham uning
qo’liga o’tgan. Li Kashinning yana bir biznesi energetikadir. Hongkong Electric
kompaniyasining 38,1 foiz aktsiyasi Lining Cheung Kong kompaniyasiga tegishli
va Xitoy, Gongkong, Tayland, Singapur, Malayziya xamda Tayvanda joylashgan
umumiy quvvati 6 ming megavattli 11 ta elektrostantsiyaga egalik qiladi. Li
Kashin neft biznesini xam ko’zdan qochirmagan. Kanadadagi Husky Oil kompaniyasi
xam uning "qanoti ostida”. Bu kompaniya bir yilda 92900 barrel neft qazib
oladi. Zaxirasi esa 309 million barrelni tashkil etadi. Li Kashin xozirda
nafaqat quruqlikda, balki dengizda xam biznes yuritmoqda. Gongkong, Panama
va AQShdagi bir nechta portlarni boshqaradigan kompaniyalarning boshqaruv
paketi Lining qulida. "Forbs” jurnalining bu yilgi milliarderlar
reytingida Li Kashin 10-o’rinda qayd etilgan. Uning boyligi 18,8 milliard AQSh dollari miqdorida baxolangan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий