12.11.2014

Sem Uolton (Semuel Uolton, 1918 — 1992)



Sem Uolton (Semuel Uolton, 1918 — 1992) — amerikalik mashhur tadbirkor, «Uol-Mart» nomli supermarketlar tarmog’i egasi. 1985 yilda «Forbs» jurnali tomonidan Amerikaning eng boy odami sifatida e’tirof etilgan. Uning korporatsiyasi bugungi kunda dunyo bo’ylab 10 942 ta magazinga ega, savdo hajmi 476 mlrd. AQSh dollari (yanvar 2014),. Xodimlar soni 2.2 mln. «Forbs» reytingida uning vorislari bir necha yillardan beri etakchi o’rinlarda kelmoqda, ularning umumiy mol-mulki  $100 mlrd.dan oshib ketgan.
Sem Uolton 1918 yilda Oklaxoma shtatidagi Kingfisher shaharchasida dunyoga kelgan. Bolalik yillari to’g’risida juda kam ma’lumot qolgan.
1940 yilda Missuri shtati universitetini tamomlab (biznes bakalavri darajasini oladi) J. C. Penney savdo kompaniyasida mehnat faoliyatini boshlaydi. Bu erda uni na maosh, na jamoa qanoatlantirardi, shu sabab tez orada  Claremore savdo kompaniyasiga ishga o’tadi.
Bu erda jamoa ancha yaxshi edi, ammo maoshi uncha o’zgarmagan bo’lsada, bo’lajak qallig’i Xelen Robsonni uchratadi. 1943 yilda unga uylanadi.  Qaynotasi hayotda o’rnini topgan odam  bo’lsa-da, Semni u darajaga etishiga hali bor edi.
Ayni shu paytda Sem harbiy xizmatga chaqiriladi. AQSh ittifoqchilari oldidagi burchini o’tash uchun ikkinchi frontni ochadi. Ammo  doktorlar Semda yo yurak etishmovchiligi, yoxud aritmiyasini tashxis qilib, kamiga savdo ishlaridagi tajribasini hisobga olib, uni  o’ylab ham o’tirmasdan avia-bo’linmaga intendant (xo’jalik bo’limi mudiri) qilib tayinlashadi. Aynan shu erda-harbiy xizmat davrida  Sem Uolton savdo sohasini bir umrga tanlashga qaror qiladi.
Demobilizatsiyadan keyin katta oilaviy kengash paytida Sem qaynotasiga quyidagi shartni qo’yadi:"Yoki meni oyoqqa turishimga yordam berasiz, yoki qizingizni bir umr savdo agenti maoshiga yashashiga rozi bo’lasiz". Otasi hamma otalar kabi qizini juda yaxshi ko’rardi, xullas yordam tayin edi. Kuyovga $20 minglik kredit beriladi.
Qarindosh-urug’laridan yana 5 ming yig’ib, ikkovlon Arkanzas shtatining  Nyuport shahrida «Ben Franklin» nomli do’koncha ochishadi. «Ben Franklin»-mashhur savdo markasi bo’lib ularing franshiza shartnomasi bor edi.
Do’koncha 4 ming aholisi bor Nyuport uchun ham juda kichik edi. Shahardagi bittagina yirik magazin Sterlingga tegishli edi. U bilan raqobatlashishning foydasi yo’qday edi.
Lekin Sem yaxshi muomala, samimiy tabassum va qat’iyat bilan ish ko’rish bir kun kelib o’z natijasini albatta berishiga ishonardi.
U har bir xaridorni shaxsan o’zi kutib olib, xuddi anchadan beri ko’rmagan eski tanishini ko’rganday, aynan xuddi shu odam uchun bu do’kon ochilganday muomala qilardi. Har bir mijoz bilan soatlab gaplashishdan charchamasdi. Uydagi ahvollari,  o’g’ilchasi Robson haqida ham erinmay o’rtoqlashardi.
Va nihoyat, ish yura boshlaydi. Bir yildan kamroq vaqt ichida Sterlingning mijozlari unga o’tadi. Moliyaviy natijalar ham shunga yarasha edi. Uning g’oyasi ish berdi.
Muvaffaqiyatdan ruhlangan Sem, yana biroz sarmoya jamg’arib, ishni kengaytirish maqsadida muzqaymoq savdosini ham yo’lga qo’yadi. Tadbirkorlik zavqini endi his qila boshlaydi. Muzqaymoqqa navbatda turgan bolalarni ko’rib nihoyatda zavqlanardi. Xatto kassada uzundang’uzun navbatda turgan xaridorlar ham unga bunchalik ta’sir etmasdi.
Keyingi 10 yil ichida Arkanzas va Missurida yana 9 ta do’kon ochiladi. Savdo nazariyasini o’rgangan Sem do’kon boshqarishning o’zi kashf qilgan bir necha printsiplarini  amalda sinab ko’radi.
1962 yilda Rojers (Arkanzas) chetida Waltons Five & Dime nomli supermarket ochadi. Do’konni boshqarish uning akasi Badga topshiriladi.  Bugungi kunda dunyo buylab AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Argentina, Xitoy, Puerto-Riko i Germaniyada minglab  tarqalgan supermarketlar tarmog’ining shakllanishi o’shanda boshlangan edi.
Wal Mart  o’z do’konlarini markazda emas, balki shahar chekkalarida ochadi. Bu uning birinchi ixtirosi. Ikkinchisi uning do’konlari Mom & Popning o’zginasi faqat judda katta ko’rinishda edi. Xaridorni chaqiradigan omil — katta assortiment yoki past narx emas, balki do’konda mavjud bo’lgan do’stona muhit edi. Mijoz eski tanishi-sotuvchi oldiga hol-ahvol so’rashish, u yoq-buyoqdan gaplashishga keladi va ish orasida xarid ham ketaveradi.  Bugungi kunda ijtimoiy so’rovlar natijasi o’laroq bu narsa hammaga ma’lum, ammo 60-yillar boshida buni taxmin qilish mushkul edi. Semning g’oyasi to’g’ri bo’lib chiqdi. U ulkan do’konlarida ham kichik rasta muhitini saqlashga intilardi. « Do’konda birgina Boss bor, u ham bo’lsa xaridor. U hammoldan tortib direktorni ham ishdan olishi mumkin. Shunchaki boshqa do’konga ketib»  derdi Sem o’z xodimlariga . «Wal Mart univermaglari kattalashgan sari biz gigantparastlikdan qochishga shuncha harakat qilishimiz kerak».
Uning o’zi xodimlariga o’rnak ko’rsatar edi.  Xodimlar bilan ko’proq muloqotda bo’lib, direktorlar kengashi a’zolaridan ham shuni talab qilardi. "Eng yaxshi g’oyalarni aynan klerklar va ombor xodimlari bergan ( Tekin parking,  aravachalarni mashinagacha olib borishga ruxsat berilishi shular jumlasidan) «- , deydi Sem .  „Do’kon xodimlariga g’amxo’rlik qilganingiz sari, ular ham o’z navbatida mijozlarga shu e’tiborni ko’rsatadi".  Uolton umri bo’yi oddiy savdo agenti kabi pikapidan tushmadi.
Shunga qaramay uning tarixida bitta, lekin ulkan dog’ bor. U o’n minglab kichik Mom & Pop rastalarini kasodga uchratgandi: mijozlar bitta katta Mom & Pop —  Uloton do’konlariga kelardi. Yana uni Amerika jamiyatining negizini, markaziy ko’chalar kontseptsiyasini buzganlikda ayblashadi.
1990 yillar boshida uning yillik savdo hajmi $50 mlrdga etadi. Tanqidlar esa eng yuqori cho’qqiga chiqib, Uolton xotiralarini yozishga kirishadi. Xotiralarida dunyoning eng katta savdo tarmog’i tashkil topish tarixini yoritadi. Shahar chekkalarida do’kon ochishdan maqsad, u erda er arzon, soliqlar ham kamroq  to’lanadi-bor yo’g’i  shu. Amerika negizini buzish maqsadi ko’rib turganingizdek unga  begona. Shu bilan birga uning dukonlaridagi arzon narxlar hisobiga  mahalliy aholining milliardlab dollar pullari tejalgan, yuzlab ishchi o’rinlari tashkil qilingan.
Fosh etilgan ikkinchi „sir" — uning xayriya ishlari. Bu haqda u avvalari lom-mim demegandi. Butun umr chekka shaharlarda yashab, pikapida ularni ko’p bora kezib chiqib, shahar hayoti past-balandini, aholi muammolarini yaxshi bilardi. Yangi do’kon qurilishi bilan birga, xayriya jamg’armalari manzillari aniqlanardi. Ochilishdan so’ng har-bir do’kon mahalliy kollej o’quvchilari uchun stipendiyalar joriy qilgan, mavsumiy xayriya chegirma kunlari tashkil etilgan.  O’quv muassasalaridan tashqari zooparklar, kutubxona, shifo maskanlari, teatr, cherkov — xullas markaziy ko’chada joylashgan deyarli har-bir muassasa hayriyadan bebahra qolmasdi.  Hattoki kichik shahar merlariga atalgan maxsus sovrin — American Hometown Leadership Award ham  uning xayriya tizmidan joy olgan.
Janr an’analariga sodiq qolib, Sem o’z xotiralarida muvaffaqiyati sirlari bilan ham o’rtoqlashadi.
Mana ular:
  • Biznesga sadoqatli bo’ling.
  • Sheriklar bilan foydangizni bo’lishing (sherik deb do’kon xodimlarini aytgan)
  • Sheriklarni rag’batlantiring.
  • Muammolarni sheriklar maslahati bilan hal eting.
  • Sheriklar mehnatini qadrlang
  • Muvaffaqiyatlarni nishonlang.
  • Har bir sherigingizni tinglang.
  • Mijozlaringizga kutganidan ortig’ini bering.
  • Harajatlarni nazoratdan qochirmang.
  • Oqim ustida suzing.
Bundan tashqari uning quyidagi gaplari ham tahsinga loyiq» agar o’z sohasini topsa, Wal Mart yonida kichik do’konchalar ham faoliyat oborishi mumkin. Misol uchun, Wal Mart da yo’q bo’yoqlar  sotib". Semyuel Uolton 1992 yil aprelida olamdan ko’z yumdi.


Комментариев нет:

Отправить комментарий