Oliy iqtisodiyot maktabining
talabasi Oleg Guskov o’z sevgan qiziga sovg’a bermoqchi bo’lib, shirinliklar do’konidan
o’ziga yoqadigan shirinlik topa olmaydi. Shunda uning xayoliga buyurtma
asosida bezatilgan shirinliklar ishlab chiqarish fikri keladi. U xom-ashyo sotib
oldi, restoran bilan donalab shirinlik etkazib berishga shartnoma tuzadi va
xarajatlarlarini uch oyda qoplaydi. Bu kompaniyaga “Mixville” deb nom bergan va
u bugungi kunda uch ming dona shokolad etishtirib bera oladi. Uning assortimentida
“myusli”, “makarunlar” hamda har xil tortlar bor. Kompaniyaning bu yilgi daromadi
taxminan uch million dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Bu biznes qanday
paydo bo’lganligi haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Barchasi qanday boshlangan
“Men Ukrainadan kelganman, Oliy iqtisod maktabiga o’qishga
kirdim va pul topish yo’llarini izlay boshladim. Biznes qilish fikri menga ikkinchi
kurs vaqtida keldi. Bir kun sevgan qizimga sovg’a olish maqsadida magazinga bordim
va Rossiyada shirinlik do’konlari yuqorida darajada rivojlanmaganiga amin bo’ldim.
O’sha kuni biz do’stim bilan “Starbucks”da bo’lg’usi sayt ko’rinishini chizdik.
Uch oy o’tib bu sayt ishga tushdi.
Biznes-reja tuzdik, uni ko’plab tanlovlarga yubordik va
Londonga yo’llanmani yutib oldik. U erda biznes haqida yangi ma’lumotlar o’rgandik.
Maktabdagi o’qishimni tashlashga to’g’ri keldi. Ota-onamga bu haqida Londonga borgach
aytdim. Ular mendan xafa bo’lishdi”.
Boshlang’ich kapital
“Boshlang’ich kapital 120 ming rublni tashkil qilgan. Bu
mablag’ korxona ochish kamlik qilardi. Shuning uchun biz Moskvadagi restoranlarga
qo’ng’iroq qilib, biz uchun shokolad tayyorlashni so’radik va “Palatstso
Dukale” restorani bilan kelishib oldik. Biz mahsulotlarni sotib olib, restoranga
olib kelib berar edik va har bir shokolad uchun 15 rubldan to’lar edik.
Biz shokoladlarni Belgiyadan sotib olamiz. So’ngra restoranda
uni eritib, ma’lum shaklga keltirishadi. So’ngra u qo’shimcha mahsulotlar bilan
boyitiladi va muzlatgichda ikki soat saqlanadi. Oxirgi bosqichda uni tekshiriramiz,
qadoqlaymiz va buyurtma tayyor.
Buyurtmalar xilma-xil. Yaqinda bir yarim kilolik “Menga
turmushga chiq” degan shokolad” degan shokoladga buyurtma oldik.
Hozirda biz har xil turdagi shokoladlarni bir yarim ming
dona ishlab chiqara olamiz. Agar buyurtma bir xil bo’lsa uch ming donagacha
shokolod etkazib berishimiz mumkin”.
“Ishni boshlaganimizda reklamaga pul yo’q edi. Biz
ko’chaga e’lonlar osib chiqar edik. Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilar edik. Bunda
bizga do’stlarimiz ancha yordamlashgan. Biroz mablag’ to’plaganimizdan so’ng
reklamani kuchaytirdik.
Xarajatlarni uch hafta ichida oqladik. Bir yildan so’ng
mahsulotni o’zimiz etishtirish uchun 20 kv.m.ga teng joy oldik. Sakkiz oydan so’ng
esa 200 kv.m joyga ko’chdik. Hozir bizning joy 2000 kv.m.ni tashkil etadi. Hozirda
bizda ishlayotganlar soni 55 kishi. Bular kurerlarni hisobga olmagandagi ishchilar
soni”.
Jamoa
“Men logistika va buxgalteriyaga nisbatan kreativlikni
yaxshi ko’raman. Shuning uchun, o’z kursimda o’qigan mas’uliyatli bolani yordamga
chaqirdim. Boshida ko’proq pul yig’ish niyatida buyurtmalarni o’zimiz etkazib berganmiz.
Bosh oshpazni uzoq
qidirganmiz. Biz qandolat biznesida bu o’rin muhim o’rin egallashini bilar edik.
Hozir bizda
frantsiyalik Ali Bellum ishlaydi. U oldin bosh oshpazlik bilan birga didjeylik ham
qilgan. U Rossiyaga kelgan va o’z sevgisini uchratib, shu erda qolgan.
Biz u bilan tez til topishdik. Ali musiqa eshitishga
qarshilik qilmaydigan jamoani qidirayotgan edi. Bizga ham aynan shunaqa zamonaviy
ishchi kerak edi. Bizning kompaniyada do’stona munosabat muhim o’rin egallaydi”.
Sotuv hajmi
“Bizdagi cheklarning o’rta narxi uch barobar oshdi. Boshida
o’rtacha 800 rubl edi. Hozirda bu ko’rsatgich 2310 rublni tashkil qiladi. Kompaniyaning
o’tgan yilgi daromadi 1,4 million edi. Bu yil magazinlar ochilishining hisobiga
bu ko’rsatgich 2,5 barobarga oshishiga umid qilamiz.
Savdoning asosiy qismini saytdan olingan buyurtmalar tashkil
qiladi. Ikkinchi yo’nalishda magazin, kichik kafelar va shu kabi joylar tashkil
qiladi. Misol uchun, biz o’z mahsulotlarimizni “Kofexauz”, “Coffeeshop”, “Kofein”,
“Baxetle” va “Rigla” kabi joylarga etkazib beramiz.
Uchinchi yo’nalishimizni korporativ mizojlar tashkil etadi.
Bu mijozlar asosan “8 mart” va “Yangi yil” bayrami arafasida bizning mahsulotlarni
sotib oladi. To’rtinchi yo’nalishni endi yo’lga qo’ymoqdamiz. Bu offlayn-magazin.
U erda mizoj istalgan mahsulotimizni sotib olishi mumkin. hozirda bizda bunday magazinlar
ikkitani tashkil etadi. Ularning sonini
30 taga etkazmoqchimiz“.
Mizojlar
“Mijozlarimizning 52 foizini bir donadan ko’proq buyurtma
bergan mijozlar tashkil qiladi. O’rta hisobda bizning mijozlar yiliga o’rtacha
4,5 marta buyurtma berishadi. Mijozlarimizning 90 foizini 22 yoshdan 45 yoshgacha
bo’lgan ayollar tashkil qiladi. Qolgan 10 foizini sevgan qiziga sovg’a bermoqchi
bo’lgan yigitlar tashkil qiladi”.
Ishning mavsumiyligi
“Bizning biznes mavsumiy
hisoblanadi. Kuzga yaqin odamlar ko’proq buyurtma bera boshlashadi. Yozda esa mevali
shokoladlar ommabop edi. Biz ularni engil parhez taom sifatida mijozlarga taklif
qilamiz.
Mavsumiylikni biz shu tariqa engamiz.
Biz bir oy davomida ikki mingga yaqin buyurtmani amalga
oshiramiz. “Yangi yil”ga yaqin bu ko’rsatgich o’sishni boshlaydi. Biz bu davr mobaynida
yillik daromadning 40 foizini ishlab topamiz. 25 dekabrdan buyurtmalar soni
20-30 barobar oshadi. Birinchi “Yangi yil” da buyurtmalar juda ko’p bo’lgan. Biz
uch kun mobaynida uxlamaganmiz. Shuncha odam biz haqimizda qaerdan bilganiga hayron
qolganmiz. Chunki u paytda saytni jiddiy reklama ham qilmagan edik. O’sha kuni
oddiy buyurtmalardan tashqari korporativ mijozlar tomonidan 20 ming dona shokoladga
ham buyurtmalar bo’lgan. Birinchi “Yangi yil”da o’zimiz ishlaganmiz. Do’stlarimizni
ham yordamga chaqirganmiz. Barcha buyurtmalarni etkazib bergach, uyga tungi soat
10 da yayov ketgandik. Chunki hamma pulni ishlatib bo’lgan edik”.
Rejalar
“Rossiyada shirinliklar etkazib berish borasida birinchi
o’rinni egallashni maqsad qilib qo’yganmiz. Bu erda qandolat kompaniyalari ko’p.
Lekin ular onlayn-savdoni yaxshi yo’lga qo’yishmagan. Bundan tashqari, biz offlayn-magazinlarni
ham ko’paytirish niyatidamiz.
Iyul oyida “Easy Fast Funny” sarmoya kompaniyasi bizga
1,3 million dollar sarmoya kiritishdi. Ularga biz tanlagan yo’l ma’qul kelganini
aytishdi. Va ular savdo markazlarida mahsulotlarimizning kichik orolchalarini qo’yish
fikri o’zini oqlashiga ishonishmoqda. Kelishuvga ko’ra, biz daromadning asosiy qismini
yangi savdo nuqtalarini ochishga sarflaymiz”.
Комментариев нет:
Отправить комментарий