Oliy iqtisodiyot maktabining
talabasi Oleg Guskov o’z sevgan qiziga sovg’a bermoqchi bo’lib, shirinliklar do’konidan
o’ziga yoqadigan shirinlik topa olmaydi. Shunda uning xayoliga buyurtma
asosida bezatilgan shirinliklar ishlab chiqarish fikri keladi. U xom-ashyo sotib
oldi, restoran bilan donalab shirinlik etkazib berishga shartnoma tuzadi va
xarajatlarlarini uch oyda qoplaydi. Bu kompaniyaga “Mixville” deb nom bergan va
u bugungi kunda uch ming dona shokolad etishtirib bera oladi. Uning assortimentida
“myusli”, “makarunlar” hamda har xil tortlar bor. Kompaniyaning bu yilgi daromadi
taxminan uch million dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Bu biznes qanday
paydo bo’lganligi haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
27.11.2014
12.11.2014
Sem Uolton (Semuel Uolton, 1918 — 1992)
Sem Uolton (Semuel Uolton,
1918 — 1992) — amerikalik mashhur tadbirkor, «Uol-Mart» nomli supermarketlar
tarmog’i egasi. 1985 yilda «Forbs» jurnali tomonidan Amerikaning eng boy odami
sifatida e’tirof etilgan. Uning korporatsiyasi bugungi kunda dunyo bo’ylab 10
942 ta magazinga ega, savdo hajmi 476 mlrd. AQSh dollari (yanvar 2014),.
Xodimlar soni 2.2 mln. «Forbs» reytingida uning vorislari bir necha yillardan
beri etakchi o’rinlarda kelmoqda, ularning umumiy mol-mulki $100 mlrd.dan
oshib ketgan.
Sem Uolton 1918 yilda Oklaxoma shtatidagi Kingfisher shaharchasida dunyoga kelgan. Bolalik yillari to’g’risida juda kam ma’lumot qolgan.
1940 yilda Missuri shtati universitetini tamomlab (biznes bakalavri darajasini oladi) J. C. Penney savdo kompaniyasida mehnat faoliyatini boshlaydi. Bu erda uni na maosh, na jamoa qanoatlantirardi, shu sabab tez orada Claremore savdo kompaniyasiga ishga o’tadi.
Sem Uolton 1918 yilda Oklaxoma shtatidagi Kingfisher shaharchasida dunyoga kelgan. Bolalik yillari to’g’risida juda kam ma’lumot qolgan.
1940 yilda Missuri shtati universitetini tamomlab (biznes bakalavri darajasini oladi) J. C. Penney savdo kompaniyasida mehnat faoliyatini boshlaydi. Bu erda uni na maosh, na jamoa qanoatlantirardi, shu sabab tez orada Claremore savdo kompaniyasiga ishga o’tadi.
05.11.2014
LI KASHING - Plastmassadan boyigan milliarder
Gongkongning eng boy fuqarosi xisoblanadigan Li Kashin
katta biznesga 1950 yil kirib kelgan. U asos solgan Cheung Kong firmasi
plastmassa bozorida dastlab sovundon va taroqlari bilan paydo bo’ldi.
Plastmassadan yasalgan yangi maxsulot bozorda portlash sodir etdi.
Ulgurji xaridorlar Lining plastmassa sovundonlarini sotib olish uchun bir oy
avval ro’yxatga yoziladigan bo’lishdi. Li Kashinning milliarderlik sari
ilk kadami edi bu.
Plastmassa atirgullar
Li Kashinning oilasi yaxshiroq yashash maqsadida
Shantou (Xitoy
janubidagi Guandun viloyati) shahridan Gongkongga ko’chib kelganida u 12
yoshda edi. Biroq Gongkongga ko’chib kelgach ham oilaning iqtisodiy axvoli
yaxshilanmadi. Oila ochdan o’lib qolmaydigan darajada bazo’r kun
kechirardi.
SAMSUNG KOMPANIYASI TARIXI
Samsung Group (Samsung Guruhi)
— nosanoat konserni (kompaniyalar guruhi), 1938-yilda Koreyada tashkil etilgan,
Janubiy Koreyada eng katta kompaniyalardan biri. Jahon bozorida yuqori
texnologik komponentlar, telekommunikatsiya uskunalari, maishiy texnika, audio
va video qurilmalari ishlab chiqaruvchi sifatida mashhur.
«Samsung» so’zi (kor. Samsung
, amaliy transkripsiya qoidalari bo’yicha yanada to’g’riroq tushunchasi —
«samson») koreys tilida «uchta yulduz» degan ma’noni anglatadi. Balki bunday
nom berilishi Samsung kompaniyasi asoschisi Li Byon Chxolning (son) uchta
o’g’li bilan bog’liq bo’lishi mumkin, uning kichik o’g’li Li Gon Xi (samson)
oilaviy mulkning katta qismiga vorislik qilishi kerak bo’lgan barcha sharq
an’analariga zid tarzda kompaniyaga 2008-yilning apreligacha rahbarlik qilgan.
ALISHER USMONOV – O’zbek Milliarderi
Tug’ilgan sanasi: 9 Sentabr, 1953
Tug’ilgan Joyi: Chust, Namangan Viloyati, O’zbekiston
Sohasi: Po’lat, Konchilik, Telekom, Investitsiya
Yashash joyi: Moskva, London
Fuqaroligi: Rossiya
Ma’lumoti: Xalqaro Huquq, Moskva Davlat Instituti
Turmush o’rtog’i: Irina Viner
Farzandlari: Yo’q
Moliyaviy ahvoli: $17.7 milliard (2011)
Tug’ilgan Joyi: Chust, Namangan Viloyati, O’zbekiston
Sohasi: Po’lat, Konchilik, Telekom, Investitsiya
Yashash joyi: Moskva, London
Fuqaroligi: Rossiya
Ma’lumoti: Xalqaro Huquq, Moskva Davlat Instituti
Turmush o’rtog’i: Irina Viner
Farzandlari: Yo’q
Moliyaviy ahvoli: $17.7 milliard (2011)
Alisher Burhonovich Usmonov – Namanganning Chust tumanida
tug’ilgan, xozirda Moskva va Londonda istiqomat qiluvchi O’zbek Milliarderidur.
Forbes jurnalining 2011-yilgi bergan hisobotiga ko’ra, Alisher Usmonov $17,7
milliard shaxsiy mablag’i bilan jahonning eng boy kishilari safidan 35-o’rinni
egallagan. Dunyoning 70inchi eng qudratli kishisi sifatida ham ta’riflangan.
Uorren Baffett
Uorren Baffett Amerikaning eng taniqli biznesmen magnat, investor
va saxovatpesha (philanthropist) kishilaridan biridir. U dunyodagi eng omadli
investorlardan biri deb ham ko’pchilik tomonidan tan olingan. Ko’pincha uni
“”Uorren Baffett-afsonaviy investor” deb ataydilar. U Berkshire Hathaway
kompaniyasining asoschisi, aksioneri va direktoridir. U dunyodagi eng badavlat
insonlar ro’yxatida o’z o’rniga ega. U 2008-yil dunyoning eng boy odami deb
e’tirof etilgan bo’lsa, 2011-yilga kelib dunyodagi eng boy odamlar ro’yxatining
3-o’rniga tushib qoldi. Baffetni “Omaha
sehrgari”, “Omaha bashoratchisi” yoki “Omaha donishmandi” deb
ham ataydilar (Omaha-o’zi tug’ilgan joy nomi).
STIV JOBS
Stiv Jobs — dunyoning eng
mashhur kishilaridan biri edi. Afsus endi u oramizda yo’q. Stiv Jobs —
amerikalik talabalar taqlidiga munosib namunali inson. Buni talabalarning
o’zlari so’rovlar jarayonida e’tirof etadilar. Kattaroq yoshli amerikaliklar
esa Stivni amerika orzusini ushalish timsoli deb hisoblaydilar.
U dunyodagi eng mashhur brend timsoli edi. Butun tanasini og’riqlar iskanjasiga olib, sekin- asta emirayotgan kasallik ham uni ruhini sindirmagan, tushkunlikka tushirmagan edi.
Binobarin, Stiv Jobs insonlar uchun orzular ushalishining yorqin misoliga aylandi. Buning uchun ota-onasi badavlat bo’lishi yoki qudratli homiyga yoxud g’ayrioddiy iste’dodga ega bo’lish aslo shart emas ekan. Lekin buning uchun nimadur kerak-ku? Jobsni boshqalardan farqi nimada edi? Uning muvaffaqiyatlari siri nima? Bu kabi savollarga uning tarjimai holidan javob topish mumkin.
U dunyodagi eng mashhur brend timsoli edi. Butun tanasini og’riqlar iskanjasiga olib, sekin- asta emirayotgan kasallik ham uni ruhini sindirmagan, tushkunlikka tushirmagan edi.
Binobarin, Stiv Jobs insonlar uchun orzular ushalishining yorqin misoliga aylandi. Buning uchun ota-onasi badavlat bo’lishi yoki qudratli homiyga yoxud g’ayrioddiy iste’dodga ega bo’lish aslo shart emas ekan. Lekin buning uchun nimadur kerak-ku? Jobsni boshqalardan farqi nimada edi? Uning muvaffaqiyatlari siri nima? Bu kabi savollarga uning tarjimai holidan javob topish mumkin.
BIIL GEYTS
Tug’ilgan Sanasi:28 Oktabr, 1955
Sohasi: Kompyuter Programmalari, Microsoft
Yashash joyi: Medina, Vashington, AQSH
Fuqaroligi: AQSH
Ma’lumoti: Harvard Universiteti (tugallanmagan)
Turmush o’rtog’i: Melinda Geyts
Farzandlari: 3ta
Moliyaviy ahvoli: $81 milliard (2014)
Yashash joyi: Medina, Vashington, AQSH
Fuqaroligi: AQSH
Ma’lumoti: Harvard Universiteti (tugallanmagan)
Turmush o’rtog’i: Melinda Geyts
Farzandlari: 3ta
Moliyaviy ahvoli: $81 milliard (2014)
Amerikalik tadbirkor va jamoat arbobi Bill Geyts nomi
butun dunyoga mashhur. Uning asl ismi Uilyam Genri Geyts III. 1955 yilning 28
oktyabrida yirik advokat Uilyam Genri Geyts II oilasida dunyoga keldi. Sietldagi
eng yaxshi maktablardan birida o’qidi. U erda dasturlash tilini puxta o’rgandi,
tajribasini oshirib bordi. Maktabda o’zi keraksiz deb hisoblaydigan grammatika,
jamiyat boshqaruvi va boshqa ayrim fanlarni yaxshi o’zlashtira olmadi, lekin
matematikadan “a’lo” baholarga o’qidi. Billdagi g’alati fe’l-atvor ota-onasi va
o’qituvchilarini tashvishga solardi.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)